Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash tartibi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Mazkur uslubiy qo‘llanma yerosti suvlaridan foydalanuvchilar va yerosti suvlari iste’molchilari tomonidan yerosti suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suv hisoblash vositalarini davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatga olish va muhrlash tartib-taomillarini sodda va tushunarli tarzda yoritib berish maqsadida ishlab chiqilgan.