Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Mazkur uslubiy qo‘llanma umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibini belgilash, ovqatlanishning ahamiyatini tushuntirish, taomlarning sifati va tarkibini nazorat qilish, gigiyena va sanitariya talablariga rioya etish, shuningdek, talabalar va o‘quvchilarni sog‘lom ovqatlanishga o‘rgatish kabi muhim masalalarni qamrab oladi. Qo‘llanmada sog‘lom ovqatlanishning asosiy tamoyillari, taomlarni tayyorlash va tarqatish jarayonlarining tartib-taomillari, gigiyena talablariga rioya etishning ahamiyati, shuningdek, talabalarni sog‘lom ovqatlanishga o‘rgatish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan.