Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisida uslubiy qo‘llanma
Mazkur uslubiy qo‘llanma Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibini belgilab beradi. Qo‘llanma kadrlar salohiyatini tizimli rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ishlab chiqarish va geologiya-qidiruv faoliyatida mehnat unumdorligini oshirish, shuningdek xavfsizlik va sifat standartlariga rioya etilishini kuchaytirish maqsadlariga qaratilgan.
Uslubiy qo‘llanma Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlar, geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, korxona va muassasalar, kadrlar bo‘linmalari hamda o‘quv jarayonlarini tashkil etuvchi mas’ul subyektlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv dasturlarini shakllantirish, o‘qitish jarayonini amalga oshirish, natijalarni baholash va hujjatlashtirishni to‘g‘ri, aniq va shaffof yuritishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.