Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish tartibini sodda va ravon tilda tushuntirishga qaratilgan. Qo‘llanma fuqarolar, korxona hamda tashkilotlar uchun qishloq xoʻjaligida sugʻurtalanishi lozim boʻlgan tavakkalchiliklar, qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklari sugʻurtasi shartnomasini tuzish va qayta sugʻurta qilishni amalga oshirish, sugʻurta mukofotlari boʻyicha subsidiyalar berish, qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi shartnomasi boʻyicha zararni aniqlash va sugʻurta tovonlarini toʻlash jarayonni tushunishda amaliy yordam berishga mo‘ljallangan.