Geologiya-qidiruv ishlari bo’yicha uslubiy qo‘llanma
Mazkur uslubiy qo‘llanma geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibini belgilashga qaratilgan bo‘lib, u geologiya-qidiruv tashkilotlari, loyiha institutlari, buyurtmachi korxonalar hamda tegishli vazirlik va idoralar uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida xizmat qiladi. Qo‘llanmada geologiya-qidiruv ishlarining turlari bo‘yicha xarajatlarni shakllantirish mezonlari, ularni joriy narxlarga keltirish usullari, hisob-kitob bosqichlari hamda moliyaviy-iqtisodiy asoslarni tayyorlash tartibi yoritilgan. Hujjat geologiya-qidiruv loyihalarini rejalashtirish va moliyalashtirishda yagona yondashuvni ta’minlash, hisob-kitoblarning shaffofligi va asoslanganligini oshirish hamda tarmoqqa oid normativ talablarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.