Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida uslubiy qo‘llanma
Ushbu uslubiy qo‘llanma noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini olish jarayonlarining huquqiy, tashkiliy va amaliy jihatlarini tizimli ravishda yoritadi. Qo‘llanma yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha ruxsatnomalarni berish tartibini izchil, aniq va yagona mexanizm sifatida shakllantirishga xizmat qiluvchi me’yoriy asoslar, amaldagi tartib taomillar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmaning maqsadi – noruda foydali qazilmalarni geologik o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yer qa’ridan foydalanish tizimida shaffoflikni ta’minlash, ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish, tartibga solinadigan munosabatlarda huquqiy aniqlikni qaror toptirish hamda foydalanuvchi subyektlar uchun yagona metodologik yondashuv yaratishdan iborat.
Qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan ushbu qo‘llanma takomillashtirib boriladi, shu sababli, qo‘llanmaning chop etilgan sanasiga e’tibor qaratish lozim.