Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni davlat hisobiga olish va yer qaʼri davlat fondi kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida uslubiy qo‘llanma
Mazkur uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish bo‘yicha bajarilgan ishlarni davlat hisobiga olish hamda yer qa’ri davlat fondi kadastrini yuritish tartibini belgilab beradi. Qo‘llanma geologik tadqiqotlarning izchil, tizimli va yagona metodika asosida yuritilishini ta’minlash, yer qa’riga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayd etish, saqlash va muntazam yangilab borish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan. Mazkur uslubiy qo‘llanma Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlar, geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari, yer qa’ridan foydalanuvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish va kadastr ma’lumotlarini ishonchli, to‘liq va samarali yuritishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan ushbu qo‘llanma takomillashtirib boriladi, shu sababli, qo‘llanmaning chop etilgan sanasiga e’tibor qaratish lozim.