Suv olish kvotalari
Ushbu qo‘llanmada suv olish kvotasi tushunchasi, sug‘oriladigan yerlar va boshqa maqsadlar uchun kvota ajratish tartibi hamda uning amal qilish muddati yoritilgan. Shuningdek, suvdan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish, suv olish limitlarini belgilash va tasdiqlash, tejab qolingan suvni boshqa shaxsga berish hamda suv yetkazib berish jadvali masalalari bayon etilgan.