Saytimizning elektron kutubxona bo’limiga suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanishga bag’ishlangan 5 ta yangi qo’llanma joylashtirildi. Ular bilan bepul tanishish va yuklab olish mumkin.
Joylashtirilgan qo’llanmalar:
- «Suv olish kvotalari» — kvota ajratish tartibi, suvdan foydalanish shartnomasi, suv olish limitlari va suv yetkazib berish jadvali haqida.
- «Suvdan foydalanishda moliyaviy mexanizmlar va to’lovlar» — suv resurslari uchun to’lovlar va soliq, kompensatsiya to’lovlari, davlat-xususiy sheriklik va sug’urta masalalari.
- «Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha suvdan foydalanish» — qishloq xo’jaligi, gidroenergetika, baliqchilik va ovchilik xo’jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish tartibi.
- «Suv resurslari hisobi» — suvni davlat hisobiga olish, rasmiy statistika, davlat suv kadastri va axborot tizimi.
- «Suvni muhofaza qilish zonalaridan foydalanish» — muhofaza va sanitariya zonalari, ularda xo’jalik faoliyatini yuritish rejimi.
Qo’llanmalar suv xo’jaligi mutaxassislari, suvdan foydalanuvchilar, talabalar va sohaga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.